20 apr 17:08
Yangiliklar
Nokautlar kuni! Octagon 57 turnirida oktagonga chiqqan 6 jangchimizning 5 nafarida birinchi raundning o'zida g'alaba!
Musobaqa doirasida olti nafar o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi jang qildi. Yakunda sportchilarimizning besh nafari yurtimizga g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.
Natijalar bilan tanishing:
Jamoliddin Rahmonjonov (4-0-0) - Sultan Narbaev (Qirg'iziston, 2-5-0); (1-raundda KO-TKO)
Diyorbek Ro'ziboev (4-4-0) - Eleman Jetsbay (Qozog'iston, 5-1-0); (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
Azizbek Temirov (4-0-0) - Kanatbek Murat (Qozog'iston, 3-1-0); (1-raundda KO-TKO)
Muhiddin Mamajonov (6-0-0) - Kutman Asekov (Qirg'iziston, 6-6-0); (1-raundda KO-TKO)
Amirxon Alixo'jaev (10-4-0) - Ayjak Akenbiek (Xitoy, 20-23-1); (1-raundda sabmishen)
SHohasan Mirzamatov (12-3-0) - Farzad Gaderi (Eron, 16-14-0); (1-raundda KO-TKO).
Fikrlar