So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

23 fev 10:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Nokautlar oqshomiga aylangan UFC Fight Night 252 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun AQSHning Vashington shtati Sietl shahri biz uchun ahamiyatga ega bo'lgan navbatdagi UFC turniriga mezbonlik qildi.

UFC Fight Night 252 oqshomi dorasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev amerikalik debyutant Erik Makkonikoni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, UFC promoushenidagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Ro'ziboevning janggacha 10 kun qolganida chaqiruvni qabul qilgani etiborga molik holat. 

Turnirning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida o'tkazilib, unda ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga chiqdi. Uchinchi raundda Song raqibining ko'ziga qo'lini suqib olgani uchun shifokor tavsiyasi hamda Sexudoning murabbiylari bilan suhbatidan keyin jang to'xtatildi. 

Natijada uch raund natijalari hisob-kitob qilinib, g'olib aniqlandi. Unda Yadong 29-28, 29-28, 30-27 hisoblarida g'alaba qozondi. Sexudo faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Yadong esa bugun 19-g'alabasini tantana qildi. Jangdan keyin xitoylik aralash yakkakurash ustasi holat uchun uzr so'rab, Sexudoga revansh berishini aytdi. 

Turnirning ko-meynivent jangi o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Reytingning 12-pog'onasida borayotgan Entoni Ernandes Top-10`talikka kirishi uchun jiddiy qadam tashladi. U hakamlarning yakdil qarori bilan UFC reytingida 9-o'rinni egallab turgan tajribali Brendan Allenni mag'lub etdi. 

Muhimligi jihatidan uchinchi jangda Rob Font braziliyalik raqibi Jin Macumotoga ilk mag'lubiyatini taqlim etdi. Rob jangda hakamlarning ayri qarori bilan zafar quchdi. Amerikalik Ostin Vanderford dunyoning kuchli ligasida muvaffaqiyatli debyut qildi. U ikkinchi raundda qozog'istonlik Nikolay Veretennikovni texnik nokautga uchratdi.  

SHuningdek, bugungi oqshomda Ion Kucelaba, Melkuizael Kosta, Mansur Abdul-Malik, Riki Simon, Modestas Bukauskas va albatta hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev o'z raqiblarini muddatidan avval mag'lub etishdi. 

UFC Fight Night 252 turnirining barcha natijalari:

Song Yadong Genri Sexudoni texnik qaror evaziga taslim etdi (29-28, 29-28, 30-27)

Entoni Ernandes Brendan Allenni ochkolar evaziga yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Rob Font Jin Macumotoni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (29-28, 28-29, 29-28)

Jin Silva Melsik Bagdasaryanni 1-raundda texnik nokautga uchratdi (qo'l va tirsak zarbalari bilan) – 1-raund, 4:15

Alonzo Menifild Julius Uokerni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 30-27, 28-29)

Ion Kucelaba Ibo Aslanni sabmishn evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 1-raund, 2:51

Melkuizael Kosta Andre Filidan sabmishn (gilotina) hisobiga ustun keldi – 1-raund, 4:30

Mansur Abdul-Malik Nik Kleynni texnik nokautga uchratdi – 2-raund, 3:24

Riki Simon Javid Basharatni nokaut qildi – 1-raund, 3:58

Ostin Vanderford Nikolay Veretennikovni texnik nokaut qildi – 2-raund, 4:13

Nursulton Ro'ziboev Erik Makkonikoni texnik nokaut bilan yutdi – 2-raund, 0:33

Modestas Bukauskas Rafael Serkeyra nokaut evaziga taslim etdi – 1-raund, 2:12

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing