16 mar 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautlarga boy UFC Fight Night 254 turnirining bonus sohiblari malum
Bugun Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 254 turniridan keyin tashkilotchilar tomonidan bonus sohiblari elon qilindi.
Odatdagidek boshqalardan ajralib turgan to'rt nafar jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga loyiq ko'rildi va etiborlisi, ularning bari prelim kard vakillari bo'lib chiqdi.
Raqibalarini birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan Karli Judis va Priscila Kechoeyra, shuningdek muddatidan avval bo'g'ish usuli evaziga g'alaba qozongan Andre Lima hamda Karlos Vera bonusga ega chiqdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar