06 may 09:50
Yangiliklar
Futbol

No'mon Hasanov - aprel oyining eng yaxshi murabbiyi!
championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi No'mon Hasanov tan olindi.
O'tgan oyda qo'qonliklar juda ajoyib ishtirok etishdi. Dastlab mavsumni sensacion g'alabalar bilan boshlagan "Dinamo" 2:1 hisobida Qo'qonda taslim qilindi.
So'ngra Hasanov shogirdlari Muborakda "Mashal" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab qaytishdi. 7-turda "Qo'qon-1912" o'z muxlislari qarshisida Bekobodning "Metallurg" klubini 3:0 hisobida tor-mor etishdi.
Nihoyat oy so'nggida G'uzorda "SHo'rtan" klubi taslim qilindi - 3:2. Malumot uchun, bu mavsum G'uzorda "Neftchi", "Lokomotiv" va "Paxtakor" kabi klublar gol ura olmay mag'lub bo'lib qaytishgandi.
No'mon Hasanov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" ayni paytda 8ta uchrashuvdan 17 ochko to'plab musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar