26 may 07:24
Yangiliklar
Tennis
Norri "Rolan Garros" bosh sovrini uchun kurashni davom ettirmoqda
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan mavsumning ikkinchi "Katta Dubulg'a" turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Jahonning 11-raketkasi, britaniyalik Kemeron Norri "Rolan Garros"ning ikkinchi davrasida ATR reytingida 160-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Jeyson Kablerni 6/3, 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 2 soatu 29 daqiqa davom etgan. Bahs davomida Kemeron beshta eys, oltita breyk va ikkita qo'shxato qayd etdi. Jeyson esa to'rtta eys va ikkita breykni amalga oshirib, olti bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida britaniyalik oldinga chiqib oldi - 1:0. Turnirning 1/16 bosqichida Norri rossiyalik Karen Xachanovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar