27 okt 10:10
Yangiliklar
Norris Meksika Gran-prisi g'olibi! Afsonaviy Xemiltonning davri o'tdimi?
Aka-uka Rodrigeslar nomidagi avtodromda kechgan poygada Buyuk Britaniyaning "Maklaren" jamoasi azosi Lando Norris eng yaxshi natija bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. "Ferrari" piloti monegasklik SHarl Lekler ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka to'rt karra Formula-1 chempioni, "Red Bull" vakili niderlandiyalik Maks Ferstappen yakun yasadi.

Bu McLaren piloti Lando Norrisning mavsumdagi oltinchi g'alabasi bo'ldi. Aynan Meksikadagi muvaffaqiyatli ishtirok evaziga u chempionatning umumiy bosqich peshqadamiga ham aylanib oldi. Bunga uning jamoadoshi Oskar Piastrining Mexiko trassasida omadsiz qatnashgani ham yordam berib yubordi. Afsonaviy Lyuis Xemilton («Ferrari») 8-o'rin bilan kifoyalandi.
"Formula 1" mavsumining navbatdagi 21-bosqichi ikki haftadan so'ng, 7-9 noyabr kunlari Braziliyadagi Interlagos avtodromida bo'lib o'tadi.
Formula-1 2025. 20-bosqich, Mexiko, Meksika
Meksika Gran-prisi. Poyga (71 aylana, 305.354 km)
1. Lando Norris («Maklaren») — 71 aylana.
2. SHarl Lekler («Ferrari») +30.324.
3. Maks Ferstappen («Red Bull») +31.049.
4. Oliver Berman («Xaas») +40.955.
5. Oskar Piastri («Maklaren») +42.065.
6. Andrea Kimi Antonelli («Mersedes») +47.837.
7. Jorj Rassell («Mersedes») +50.287.
8. Lyuis Xemilton («Ferrari») +56.446.
9. Esteban Okon («Xaas») +1:15.464.
10. Gabriel Bortoleto («Kik-Zauber») +1:16.863.
11. Yuki Cunoda («Red Bull») +1 jarima aylanasi.
12. Aleks Albon («Uilyams») +1 aylana.
13. Isak Xadjar («Reysing Bullz») +1 aylana.
14. Lens Stroll («Aston Martin») +1 aylana.
15. Per Gasli («Alpin») +1 aylana.
16. Franko Kolapinto («Alpin») +1 aylana.
17. Karlos Sayns («Uilyams») — 68-aylanada safdan chiqdi.
18. Fernando Alonso («Aston Martin») — 35-aylanada safdan chiqdi.
19. Niko Xyulkenberg («Kik-Zauber») — 26-aylanada safdan chiqdi.
20. Liam Louson («Reysing Bullz») — 6-aylanadayoq safdan chiqdi.

Fikrlar