31 may 09:19
Yangiliklar
"Norway Chess". Nodirbek Abdusattorov bugun mezbon shaxmatchiga qarshi o'ynaydi
Kecha musobaqa doirasida 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda qatnashayotgan hamyurtimiz ilk turda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona surdi. Ushbu bahsning asosiy vaqtida durang qayd etildi. Armagedonda esa Nodirbek imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi bugun hamyurtimiz 2-tur doirasida norvegiyalik Aryan Tariga qarshi o'yin o'tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Malumot uchun, turda g'alaba qozongan o'yinchi 3 ochkoga ega bo'ladi. Agar durang qayd etilsa armagedon o'ynaladi. Bunda har ikki shaxmatchi ham 1 ochkoga ega bo'ladi. Armagedonda g'olib chiqqan o'yinchi 0,5 ochko, mag'lub esa 0 ochko bilan kifoyalanadi.
Demak, 1-turdan so'ng Nodirbek hisobida 1 ochko mavjud.
2-tur juftliklari bilan tanishing:
Fikrlar