07 iyu 12:17
Yangiliklar
SHaxmat
"Norway Chess". Nodirbek Abdusattorov navbatdagi o'yinini Nakamuraga qarshi o'tkazadi
Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Norway Chess" turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Kecha musobaqada 7-tur uchrashuvlari tashkil etildi.
Nodirbek tur doirasida amerikalik Uesli Soga qarshi dona surdi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga, 8 iyun kuni 8-tur bahslari o'tkaziladi. Unda Nodirbek AQSH sharafini himoya qilayotgan Xikaru Nakamuraga qarshi o'ynaydi.
8-tur juftliklari bilan tanishing:
7 tur yakuniga ko'ra Nodirbek 6 ochko jamg'argan holda 9-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar