10 iyu 10:56
Yangiliklar
SHaxmat
"Norway Chess" yakunlandi. Nodirbek so'nggi turda Magnus Karlsenni mag'lub etdi (yakuniy jadval)
Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Norway Chess" superturniri o'z yakuniga etdi.
29 may - 9 iyun kunlari o'tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.
Kecha musobaqa doirasida so'nggi - 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Nodirbek o'sha mashhur Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazdi.
Asosiy vaqtda durang qayd etildi. SHundan so'ng armagedonda g'olib aniqlandi va unda Nodirbek Abdusattorov g'alabaga erishdi.
Umumiy 9 ta tur yakuniga ko'ra, Nodirbek Abdusattorov 9 ochko jamg'argan holda, musobaqani 9-o'rinda yakunladi.
G'oliblik AQSH vakili Xikaru Nakamuraga nasib etdi (16,5 ochko), ikkinchi o'rinni esa boshqa bir amerikalik Fabiano Karuana egalladi. Kuchli uchlikka esa hindistonlik Gukesh yakun yasadi.
Yakuniy jadval bilan tanishing:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar