24 mar 13:34
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Novak Jokovich Mayami "Masters" bosh sovrinini ko'zlayapti
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan serbiyalik tajribali tennischi Mayami "Masters" turnirining 1/8 final ishtirokchisiga aylandi. 
			"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra g'olibi uchinchi davrada ATP reytingida 65-pog'onada borayotgan argentinalik Kamilo Ugo Karabelini 6:1, 7:6 (1) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir yuz etti daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 9, Karabeli 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Novak "Masters" 1/4 final chiptasi uchun italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar