10 iyu 08:44
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich "Uimbldon" 1/2 finalida kortga chiqdi
London shahri mezbonligida o'tayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Erkaklar o'rtasidagi musobaqaning ikkinchi yarim finalida sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich ATP reytingining 12-pog'onasidan joy olib turgan kanadalik Denis SHapovalovni 7/6(3), 7/5, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Ikki soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda serbiyalik 34 yoshli tennischi 3 ta breyk, 9 ta eys, 22 yashar Denis esa 5 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 7:0. Jokovich bosh sovrin uchun uchrashuvda italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar