09 mar 09:49
Yangiliklar
Futbol

Noyer "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi
Tajribali darvozabon Myunxen klubida 2023 yilga qadar qoladi.
"Sporti" nashri xabariga ko'ra, "Bavariya" posboni Manuel Noyer tez orada klub bilan shartnomasini uzaytiradi. 33 yoshli germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi. Jamoa rahbariyati Noyer bilan bitimni yana ikki yilga uzaytirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, yozda Myunxen klubi safiga "SHalke-04" darvozaboni Aleksandr Nyubel kelib qo'shiladi. Nyubel kelajakda ham terma jamoa, ham klub miqyosida Manuel Noyerning o'rinbosari bo'lishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Bundesliganing joriy mavsumida 25 o'yinida maydonga tushgan Noyer 10 ta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Havola :
Fikrlar