31 mar 16:21
Yangiliklar
Futbol

Noyerdan so'ng Alaba ham "Bavariya"ning taklifini rad etdi
Himoyachi David Alaba "Bavariya"ning yangi shartnoma bo'yicha bergan taklifiga rad javobini berdi.
"Bavariya" avstriyalik futbolchini qo'yib yuborishni xohlamayapti, ammo Alaba unga taklif etilgan shartlarda mutlaqo qoniqmayapti.
Keyingi bir necha hafta ichida Myunxen klubi rahbariyati 27 yoshli futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Xabarlarga ko'ra, David La Ligada o'ynamoqchi.
Alabaning "Bavariya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Himoyachi joriy mavsum "qizillar" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.
Havola :
Fikrlar