08 okt 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Nurmagomedov yana Merab Dvalishvilining tomorqasiga "tosh otdi"
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Umar Nurmagomedov eng engil vazn toifasida UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili haqida gapirdi.
Ular uzoq vaqtdan beri o'zaro dahanaki jang olib borishmoqda. Bunga sabab Merabning birinchi raqamli davogar bo'lmish Umar emas, boshqa raqib bilan jang qilish istagini bildirganidir.
"Agar sen navbatda turgan raqibing bilan jang qilish uchun juda ham qo'rqoq bo'lsang, chempion deb atashlaridan nima mano? Janglardan qochish faqat bitta narsani anglatadi — qo'rquvni! Haqiqiy chempionlar qochmaydi", dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar