05 sen 07:59
Yangiliklar
Nurmagomedovning UFC`dagi ehtimoliy olti xonali gonorari malum qilindi
Agar Usman dunyoning eng kuchli ligasi bilan shartnoma imzolasa, u har bir jang uchun taxminan uch-to'rt million dollar olishi mumkin, deb hisoblaydi UFC`ning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni Genri Sexudo.
"Usman Nurmagomedovning UFC bilan kelishuvi har bir jang uchun uch-to'rt million dollar atrofida bo'ladi. Men adashyapmanmi? U yaqindagina ikki milliondan voz kechdi", – dedi amerikalik jangchi Kamaru Usman bilan birgalikdagi podkastda.
"Adashmayapsan. Menimcha, sen haqiqatga yaqin baho beryapsan, chunki ochig'ini aytganda – UFC buni o'ziga ep ko'ra oladi va unga shuncha pul to'lay oladi, chunki ular bu mablag'ni qaytarib olishadi. Ular bu yigitdan Rossiyaga yaqin bo'lgan barcha hududlarda, Qatarda, Abu-Dabida foydalanishlari mumkin va ular bu pullarni ishlab topishadi", – deya qo'shimcha qildi Usman.
Malumotlarga ko'ra, PFL ligasida mag'lubiyat nimaligini bilmagan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi har bir jangi uchun bir million dollar olgan va tashkilotning ikki barobar ko'p mablag' evaziga yangi shartnoma imzolash taklifini rad etgan.

Fikrlar