So’nggi yangiliklar

22:25Freestyle Chess Grand Slam Finals. Жавоҳир Синдаров саралашни 1-ўринда якунлади 0 22:16Шодиёржон Мелиқўзиев IBA Жаҳон чемпионатини ғалаба билан бошлади 0 20:50Арман Маханов иштирокидаги жанг 1-раунддаёқ тугади 0 20:37"Реал" яна бир ҳимоячисини йўқотди 0 20:18Тўрабек Ҳабибуллаев иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 19:59Freestyle Chess Grand Slam Finals. Жавоҳир Синдаров Фабиано Каруанани ҳам таслим этди 0 19:52Жавоҳир Умматалиев ЖЧдаги учинчи жангида ҳам ғалабага эришди 0 19:26Бокс. Қозоғистон ЖЧ-2025'да илк йўқотишга учради 0 18:21IBA Жаҳон чемпионати. Асадхўжа Мўйдинхўжаев арман боксчисига қарши рингга чиқди 0 17:26​Breaking! Салоҳ "Интер"га қарши ўйин қайдномасидан тушиб қолди 0 17:05Тайсон Фьюри яна рингга қайтишга шама қилди 0 16:44Пётр Ян: "Энди ҳаммаси жойида" 0 16:23Freestyle Chess Grand Slam Finals. Жавоҳир Синдаров Магнус Карлсенни таслим этди 0 15:46"Барселона" етакчисини "Манчестер Сити"га сотмайди 0 15:25Forbes теннисчиларнинг мукофот пуллари бўйича рейтингни янгилади. Алькарас Топ-10, Медведев - 13-ўрин! 0

12 may 09:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Nursulton oktagonga chiqqan UFC on ESPN 56 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Biroz avval AQSHning Sent-Luis shahrida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.

UFC on ESPN 56 oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Derrik Lyuis braziliyalik Rodrigo Nasimentoni uchinchi raundda nokautga uchratdi. Jang oldidan Derrik reytingning 11, Rodrigo esa 15-pog'onasini band etib turgandi. 

Turnirning co-main event jangida esa hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev amerikalik Xoakin Bakliga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Bakli hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba (30-27, 30-26, 29-27) qozondi. Bu Xoakin uchun ketma-ket qo'o'lga kiritilgan to'rtinchi g'alaba bo'ldi. Ro'ziboev esa ikki g'alabadan so'ng UFC promoushenidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 


UFC on ESPN 56 turnirining barcha natijalari:

Derrik Lyuis Rodrigo Nasimentoni texnik nokautga uchratdi (3-raund, 0:49 soniya)

Xoakin Bakli Nursulton Ro'ziboevni ochkolar bo'yicha engdi (30-27, 30-26, 29-27)

Karlos Ulberg Alonzo Menifildni nokautga uchratdi (1-raund, 0:12)

Diego Ferreyra Mateush Rebeckini texnik nokaut bilan engdi (3-raund, 4:51)

SHon Vudson ochkolar hisobiga ko'ra Aleks Kaseresdan ustun keldi (29-28, 29-28, 30-27)

Valdo Kortes-Akosta Robelis Despanyani ochkolar bo'yicha taslim etdi (30-27, 30-27, 30-26)

CHeyz Xuper Vyacheslav Borshyovni bo'g'ib qo'ydi (D’Arce choke) — (2-raund, 3:00)

Esteban Ribovich Terrens Makkinnini nokautga uchratdi (1-raund, 0:37)

Tabata Richchi hakamlarning ayri qarori bilan Tish Penningtondan ustun keldi (29-28, 28-29, 29-28)

Trey Uoters hakamlarning yakdil qarori bilan Billi Goffni mag'lub etdi (30-27, 30-27, 29-28)

CHarls Jonson Jeyk Xedlidan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Veronika Xardi Jey-Jey Oldrichni engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing