23 noy 08:05
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA, Boshqalar			    
				
				
			
				Nursulton Ro'ziboev Bishkekda chempionlik kamarini himoya qildi
Kecha oqshom aralash qoidalar bo'yicha taniqli sportchimiz Nursulton “Blek” Ro'ziboev so'nggi 5 kun ichidagi o'zining ikkinchi jangini o'tkazdi.
			Ro'ziboev Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida “WEF Global 10” turniri doirasidagi jangda mezbon sportchi Erbolot Omurzakovga qarshi oktagonga chiqdi. Jangda durang natija qayd etildi va qoidaga ko'ra ahamyurtimiz chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Bizga xabar berishlaricha, yaqin orada revansh jangi
tashkil etilishi mumkin. Nursulton o'tgan shanba kuni Rossiyaning Ekaterinburg
shahrida chechenistonlik raqibini muddatidan avval mag'lub etib, Ramzan Qodirov
tomonidan avtomobil bilan taqdirlangandi. 

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar