04 sen 13:45
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev jang qiladigan UFC turnirining to'liq kardi va boshlanish vaqti
Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida liga faxriysi, Yangi Zelandiya vakili Den Xuker hamda UFC debyutanti, KSW’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, franciyalik aralash yakkakurash ustasi Saladin Parnass o'rtasida kechadi. Parij shahri beshinchi bor UFC turniriga mezbonlik qiladi.
Turnirning co-main event, yani ikkinchi muhim jangi engil vazn toifasidagi francuzlar Fares Ziam va Aksel Sola o'rtasida o'tkaziladi. Muhimligi jihatidan uchinchi jang hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev hamda angliyalik taniqli Maykl Peyj o'rtasida bo'lib o'tadi. Jang o'rta vazn toifastda tashkil etiladi.
UFC Fight Night 287 turnirining to'liq kardi
Asosiy kard (Bizning vaqt bilan soat 23:59`da boshlanadi):
Engil vazn: Den Xuker – Saladin Parnass
Engil vazn: Fares Ziam – Aksel Sola
O'rta vazn: Maykl Peyj – Nursulton Ro'ziboev
Yarim o'rta vazn: Daniil Donchenko – Punaxele Soriano
Yarim engil vazn: Kertis Kempbell – Trevor Pik
Yarim engil vazn: Losen Keyta – Muhammad Naimov
Prelim (dastlabki) kard (Bizning vaqt bilan 21:00`da boshlanadi):
Yarim engil vazn: Morgan SHarrer – Felipe Lima
Og'ir vazn: Mario Pinto – Rayan Spenn
Yarim og'ir vazn: Umar Si – Modestas Bukauskas
Yarim engil vazn: Nataniel Vud – Pavel Andruska
Eng engil vazn: Maykl Al-Yaruj – Fabia Sintes
Ayollar o'rtasida engil vazn: Nora Kornoll – Klaudiya Sigula
O'rta vazn: Mate Dyuklo – Luis Felipe Dias
Ayollar o'rtasida eng engil vazn: Delfin Benuash – Sofiya Montenegro
Turnir ertaga, 5 sentyabr kuni bizning vaqt bilan soat 21:00`da boshlanadi. Asosiy kard esa soat 23:59`da start oladi.

Fikrlar