16 mar 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev keyingi jangini qachon o'tkazmoqchiligini aytdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev tez orada oktagonga qaytish niyatida.
Bu haqda hamyurtimiz o'zining X (Twitter)dagi sahifasida malum qildi.
"Men iyun, iyul yoki avgust oyida qaytmoqchiman", deb yozdi Nursulton.
Malumot uchun, 31 yoshli Nursulton Ro'ziboev MMAdagi faoliyati davomida 48 ta jang o'tkazib, 35 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. UFC'da esa 4 ta jang o'tkazib, 3 g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Yurtdoshimiz so'nggi jangini 22 fevral kuni Erik Makkonikoga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin zafar quchgandi. U UFC'dagi janglarini o'rta va yarimo'rta vazn toifalarida olib bormoqda.
Havola :
Manba : x.com/Nursulton_mma
Fikrlar