02 sen 08:34
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev reytingida ham o'zgarish kuzatildi
Unda bitta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Jo Payfer vatandoshi Brendan Allen bilan o'zaro o'rin almashib oldi. Jo 4-o'ringa ko'tarildi, Brendan esa aksincha, 5-pog'onaga pastladi. Yana bir AQSH vakili SHon Striklend vazn chempioni bo'lsa, ushbu kamarning sobiq egasi Xamzat CHimaev birinchi o'rinda bormoqda. Drikus Dyu Plessi ikkinchi, franciyalik Nassurdin Imavov uchinchi o'rindan joy olgan.
Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevning reytingdagi o'rni o'zgarishsiz qoldi. U Top-15`talikni yakunlab turibdi. Nursulton 5 sentyabr kuni Parij shahrida reytingning 8-pog'onasidan joy olgan Maykl Peydjga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang natijasi ikki aralash yakkakurash ustasining reytingdagi o'rnini o'zgartirib yuboradi.

Fikrlar