13 dek 07:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev UFC faxriysini jangga chorladi
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev keyingi jangi uchun raqib izlamoqda.
U amerikalik 37 yoshli Nil Megnini oktagonga chorladi.
"Salom, jangga qachon qaytmoqchisan, Megni? Yanvar, fevral yoki mart, nima deysan?", deb yozdi Ro'ziboev o'zining Twitter'dagi sahifasida.
Malumot uchun, 31 yoshli Nursulton Ro'ziboev (34-9-2) UFC'da 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Nil Megni (29-13) hisobida esa UFC'da qo'lga kiritilgan 22 ta g'alaba va 12 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : twitter.com/nursulton_mma
Fikrlar