26 mar 00:45
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboevning UFC'dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi malum - manba
31 yoshli hamyurtimiz 17 may kuni Las-Vegesdagi (AQSH) UFC Apex majmuasida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Bu haqda insayder Aleks Beunin o'zining X'dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Malum bo'lishicha, Ro'ziboevga AQSH vakili Dastin Stolcfus raqib bo'ladi. Jang o'rta vazn toifasida tashkil etilishi kutilyapti. Nursulton so'nggi jangini ham shu vaznda o'tkazgandi.
Malumot uchun, bu Nursultonning UFC'dagi beshinchi jangi bo'ladi. U mazkur Ligada hozirga qadar 4 ta jang o'tkazib, 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Faoliyati davomida esa 35 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
33 yashar Dastin hisobida esa 16 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat (UFC: 3-5) bor.
Fikrlar