So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

30 apr 23:27
Yangiliklar

Og'ir atletika

Nurudinov Olimpiadada ishtirok etadimi? Federaciya rais o'rinbosari bu savolga javob berdi

Xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga chetlatilgan edi.

Og'ir atletikachimizga berilgan jazo 2018 yilning 2018 yilning 18 dekabridan kuchga kirdi va 2020 yilning 17 dekabr kuni yakuniga etadi. 

Tabiiy savol tug'iladi: shu yil dekabr oyida diskvalifikaciyasi yakunlanadigan Nurudinov 2021 yilning yoziga qoldirilgan Tokio Olimpiadasida ishtirok eta oladimi? Bu savolga O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi rais o'rinbosari SHahrullo Mahmudovdan javob oldik.

"Ha, haqiqatan ham Ruslanning ikki yillik diskvalifikaciyasi tasdiqlandi. Advokatimiz muddatni kamaytirish bo'yicha sud jarayonlarida qatnashdi. Bu holatda beriladigan muddat 4-5 yil ham bo'lib ketishi mumkin edi. Eng muhimi, biz Ruslan Nuridinov qo'lga kiritgan barcha medallarni o'z kuchida saqlab qolishga erishdik. SHu yilning 17 dekabr kuni diskvalifikaciya muddati yakunlanadi. Ertasi kunidan bemalol musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Lekin Tokio Olimpiadasida qatnasha olmaydi. Birinchidan, uning bugungi jismoniy holati va sport formasi, ikkinchidan, reytingdagi o'rni. Ruslanning vaznida yosh atletimiz Akbar Jo'raev bor. SHu yil kuzda 21 yoshga to'ladigan bu sportchimiz kattalar o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. Tokio Olimpidasida unga katta ishonch bildiryapmiz. Ruslan esa sport formasini tiklab borib, kelasi yili o'tkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlarida o'zini sinab ko'radi. Hammasi o'zini qo'lida. Nasib qilsa, u bu ishtiroklari orqali 2022 yilgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'radi", - dedi SH.Mahmudov.           


Malumot uchun, Ruslan Nurudinovning 2012 yili Londonda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlaridagi doping-tahlili ijobiy natija bergan edi. 

Suratda - Akbar Jo'raev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing