12 iyu 07:24
Yangiliklar
Nyu-Dehlida Osiyo o'yinlari mashalasi alanga oladi!
18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Osiyoning 45 mamlakati sportchilarini Indoneziyada jam bo'lishadi. 10 500 nafar sportchi 40 ta sport turi bo'yicha kuch sinashishadi. Tashkilotchilar dasturni tayyorlab bo'lishgan. Rejalashtirilgan 465ta tadbirning dastlabkisiga bugun start beriladi.
11 iyul kuni Osiyo o'yinlari «o'z uyiga» – Nyu-Dehliga qaytadi. Aynan shu erda 1951 yili Osiyo Olimpiya Kengashining asosiy sport musobaqasi tashkil etilgandi. SHu yakshanbada Osiyo o'yinlari mashalasi Nyu-Dehlidagi «mayor Dxyan CHanda» nomli Milliy stadionda alanga oladi.
Mashalani yoqish marosimidan so'ng u 18 000 kilometrlik ananaviy estafeta boshlanadigan Indoneziyaga yo'l oladi. Mashala asosiy manzili – Jakartadagi «Gelora Bung Karno» stadioniga etib borish uchun 50 ta shahar va 18 ta provinciyadan o'tadi. Bu erda 18 avgust kuni tantanali ravishda Osiyo o'yinlarining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Fikrlar