19 fev 11:18
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/28933_220.jpg)
Nyu-York (ATP). Anderson 2,5 yillik tanaffusdan so'ng sovrin yutdi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 748 450 dollarni tashkil etgan nufuzli turnir yakunlandi.
New York Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Anderson mezbonlar vakili Sem Kuerrini 4:6, 6:3, 7:6 hisobida mag'lub etib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
New York Open musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtirok afrikalik tennischiga faoliyatidagi to'rtinchi sovrinni taqdim etdi. Kevin ikki yarim yillik tanaffusdan so'ng yana ATP turnirida bosh sovringa ega chiqdi.
Havola :
Fikrlar