23 okt 06:49
Yangiliklar
![](/upload/storage/47283_220.jpg)
Obameyangning gollari “Arsenal”ga irodali g'alabani taqdim etdi
Garchi uchrashuvda dastlab mehmonlar hisobni ochgan bo'lishlariga qaramay (“Arsenal” himoyachisi Belerin o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi) yakunda “to'pchilar” irodali g'alabaga erishishdi. Birinchi bo'lim oxirlarida aynan Belerinning to'p uzatishidan keyin O'zil muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'limda O'zil-Belerin-Obameyang kombinaciyasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan gabonlik futbolchi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o'tib, bu gal O'zilning ajoyib pasi va Obameyang “dubl”ni rasmiylashtirdi-3:1.
Ushbu g'alabadan keyin “Arsenal” 21 ochko bilan turnir javalining to'rtinchi pog'onasi ko'tarildi. Ular APL bahslarida ketma-ket ettinchi g'alabani tantana qilishdi.
Angliya chempionati. 9-tur
Arsenal – Lester 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 31, avtogol Belerin, 1:1 – 45 Ozil, 2:1 – 63 Obameyang, 3:1 – 66 Obameyang.
Arsenal – Leno, Mustafi, Lixtshtayner (Obameyang, 61), Belerin, Xolding, Torreyra, Jaka, Ozil (Remzi, 80), Mxitaryan (Genduzi, 61), Ivobi, Lyakazett.
Lester – SHmeyxel, Maguayr, Evans, CHiluell, Rikardu Pereyra (Gezzal, 69), Ndidi, Amarti, Mendi, Meddison (Okadzaki, 75), Ixeanacho (Olbrayton, 61), Vardi.
Ogohlantirishlar: Xolding (17), Jaka (35), Olbrayton (64), Rikardu Pereyra (65).
Fikrlar