16 noy 16:10
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/5838_220.jpg)
“Obod” - “Andijon” - 0:0. Oliy ligani kim tark etishi so'nggi turda malum bo'ladi
Bundan bir necha daqiqa avval O'zbekiston chempionatining 29-turidan o'rin ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” hamda Andijonning “Andijon” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. CHempionat autsayderlari o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida Ravshan Ermatov “Obod” sardori Doniyor Hasanovga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, futbolchini maydondan chetlatdi. Bir bo'lim davomida bir kishi kam bo'lib harakat qilgan Jafar Irismetov shogirdlari durang natijani saqlab qolishdi.
CHempionat yakunlanishiga bir tur qolgan bir paytda "Obod" turnir jadvalida 23 ochko bilan 15, "Andijon" esa 20 ochko bilan 16-o'rinni band etgan. Demak, oliy ligani tark etadigan jamoa nomi so'nggi turda hal bo'ladi.
Havola :
Fikrlar