04 jan 11:50
Yangiliklar
Futbol

"Obod" ikkinchi yig'inni boshladi, tarkibda yangilar bor
O'tgan yili oliy ligadagi o'rnini saqlab qolgan Toshkentning “Obod” jamoasi kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshladi.
Kechagi mashg'ulotlar engil tartibda olib borildi. Bugundan etiboran mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi.
Odatdagidek, ertalabki mashg'ulotlar “Yoshlik” stadionining “trenajyor” zalida, tushdan so'ng “Obod” maydonida bo'lib o'tadi.
Tarkibga uch nafar futbolchi kelib qo'shildi. Bular - Ruslan Matniyozov, Nodir Ibragimov va Temur Ayupov.
Havola :
Manba : fcobod.uz
Fikrlar