01 okt 20:50
Yangiliklar

“Obod” “Neftchi”ni mag'lub etib, 14-o'ringa ko'tarildi va boshqa natijalar
Oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasi barchani ajablantirishda davom etmoqda. O'tgan turda “Lokomotiv” maydonida bir ochkoni qo'lga kiritgan Jafar Irismetov shogirdlari bu safar “Neftchi”ni mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.
Bugungi g'alaba “Obod”ni so'nggi o'rinni tark etib, 14-pog'onaga ko'tarilib olishi uchun xizmat qildi. Boisi, “Andijon” o'z maydonida “Qizilqum”ga 1:2 hisobida yutqazdi. “Qo'qon-1912” jamoasi esa o'z muxlislari ko'z o'ngida “Navbahor” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
1 oktyabr (shanba)
“Andijon” (Andijon) – “Qizilqum” (Navoiy) 1:2
Gollar: Anvar Berdiev 9, - 1:0, Ilhom Yunusov 45 penalti, - 1:1, Vohid SHodiev 86, - 1:2.
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Navbahor” (Namangan) 1:1
Gollar: Nosir Otaqo'ziev 2 penalti, - 1:0. Abdumalik Abdullaev 5, - 1:1.
“Obod” (Toshkent) – “Neftchi” (Farg'ona) 2:1
Gollar: SHerzod Hakimov 69, - 0:1, Alisher Mirzaev 75, - 1:1, Anvar G'ofurov 90+3, - 2:1.
“Olmaliq” (Olmaliq) – “So'g'diyona” (Jizzax) 0:1
Gol: Ixtiyor Toshpo'latov 44, - 0:1.
“SHo'rtan” (G'uzor) – “Mashal” (Muborak) 1:0
Gol: Laziz Ubaydullaev 58, - 1:0
Fikrlar