02 avg 22:05
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2206_220.jpg)
“Obod” o'z uyida “Qo'qon-1912”ni, “Qizilqum” mehmonda “Mashal”ni engdi
Bugun futbol bo'yicha mamlakat 25-milliy chempionati oliy ligasida ikkinchi davra bahslari, aniqrog'i 16-tur uchrashuvlariga start berildi.
Oliy liga debyutanti xisoblangan Toshkentning “Obod” jamoasi o'z maydonida “Qo'qon-1912” klubini qabul qilib, 2:1 hisobidagi muhim g'alabaga erishdi.
Biroz kutilmaganda Muborakning “Mashal” jamoasi o'z maydonida Zarafshonning “Qizilqum” klubiga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. O'yinning 51-daqiqasida hujumchi Nemanya Yovanovich mehmonlarga g'alaba keltirgan golni kiritdi.
“Obod” (Toshkent) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon) 2:1
Toshkent. “Jar” stadioni
Gollar: Otabek Zokirov 17, - 0:1, Doniyor Hasanov 40 penalti, - 1:1, SHoxruz Norxonov 59, - 2:1.
“Mashal” (Muborak) – “Qizilqum” (Navoiy) 0:1 (0:0)
Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion
Gol: Nemanya Yovanovich 51, - 0:1.
Havola :
Fikrlar