So’nggi yangiliklar

09:17"Интер" Комода ҳақиқий камбэк қилди: 0:2 ҳисоби 4:3 га айланди! 0 08:56Жаҳон чемпионатининг иккинчи куни уч нафар спортчимизга мухлислик қиламиз 0 08:35Олимпиада чемпиони 11 июль куни UFC’да дебют қилади 0 08:14Таэквондо WТ бўйича Жаҳон чемпионатининг очилиш маросими бўлиб ўтди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 07:53Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 07:32UFC Оқ уйдаги турнир учун рекорд даражадаги бонусларни эълон қилди 0 07:11Тимофеева саралаш финалида ютқазди, лекин асосий тўрга чиқди 0 21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0

24 iyu 20:35
Yangiliklar

Futbol

"Obod" - "Paxtakor" 1:4. "SHerlar" uchinchi o'ringa ko'tarilishdi

Bugun oliy liganing 15-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv "Obod" va "Paxtakor" o'rtasida bo'lib o'tdi.

O'yinning 12-daqiqasida SHerzod Karimovning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini mezbonlar posboni qaytardi. 17-daqiqada Azamat Ahmedov ketma-ket ikki marta o'z darvozasini goldan saqlab qoldi. 

30-daqiqada Doniyor Hasanovning zarbasi yo'liga Aleksandr Lobanov to'g'anoq bo'ldi. 32-daqiqada bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Igor Sergeev aniq amalga oshirib hisobni ochdi - 0:1. 

Ikkinchi taym boshida Jasur Hakimov himoyachidan kelgan to'pni darvozaga yo'lladi - 0:2. Oradan o'n daqiqa o'tgach SHerzod Karimovning pasidan so'ng Igor Sergeev dublga erishdi - 0:3. 

67-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Islomjon Ismoilov hisobni qisqartirdi - 1:3. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Behruz Sadullaev Sergeevdan kelgan pasni golga aylantirdi - 1:4. 


Oliy Liga, 15-tur

Obod (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent) 1:4

24 iyun 2017. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30.

Gollar: Igor Sergeev 32 penalti, - 0:1. Jasur Hakimov 51, - 0:2. Igor Sergeev 61, - 0:3. Islomjon Ismoilov 67, - 1:3. Behruz Sadullaev 90+1, - 1:4. 

"Obod": Azamat Ahmedov, Abror Xusinov, Anvar G'ofurov, G'ayrat Umirov, SHerzod Jalilov, Doniyor Hasanov, Pavel Solomin (Idris Bikmaykin, 68), Sunnatilla Ermatov, SHoxruz Norxonov, Sardor Qahhorov (Islom Ismoilov, 55), Ismoil Jasurxo'ja (Timur Vasilev, 46)

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, SHerzod Karimov, Igor Sergeev, Suhrob Nurullaev (Behruz Sadullaev, 86), Jasurbek Hakimov (Doston Ibrohimov, 74), Davron Hoshimov (Xushnudbek Avilov, 63), Vladimir Kozak, Jamshid Yusupov.

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), R. Nugmanov (Toshkent), F. Norsafarov (Karshi)

Ogohlantirish: Azim Ahmedov 35. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing