16 sen 20:05
Yangiliklar

“Obod”dan yirik g'alaba, “Mashal” o'z uyida g'alabani qo'ldan chiqardi
Oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasi o'z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qilib, kutilmaganda yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. SHoxruz Norxonov o'yinda dublga erishdi.
Muborakning “Mashal” jamoasi esa o'z muxlislari ko'z o'ngida g'alabani qo'ldan chiqardi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov “Mashal”ni g'alabadan mahrum qildi - 1:1.
Oliy liga 22-tur.
“Mashal” (Muborak) – “So'g'diyona” (Jizzax) – 1:1. 1728 tomoshabin
Gollar: Kenja To'raev (55) – Ixtiyor Toshpo'latov (90+2).
Ogohlantirishlar: A. Derkach (29), S. Hamroev (65), S. Abduraimov (66), K. To'raev (68) – R. Hasanov (24), M. Muzafarov (59).
“Obod” (Toshkent) – “Navbahor” (Namangan) – 3:0. 457 tomoshabin.
Gollar: Temur Xahimov (5), SHohruz Norxonov (69, penalti, 88).
Ogohlantirishlar: A. Mirzaev (16) – Q. Muhamadjonov (30), A. Abdullaev (58), T. SHamsiddinov (68).
Fikrlar