05 fev 09:02
Yangiliklar
OCH-2018. O'zbekiston Yaponiyaga qarshi ko'k rangli formada o'ynaydi
“B” guruhi 3-turida Bahodir Ahmedov shogirdlari Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston va Yaponiya dastlabki ikki turda 6 ochkodan to'plagan holda muddatidan avval chorak final masalasini hal qilgan bo'lsa-da, bugungi bellashuv guruh etakchisini aniqlab beradi. Guruh g'olibi chorak finalda "A" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.
"A" guruhida Xitoy Taypeyi, Malayziya, Bahrayn va Vetnam terma jamoalari joylashgan. 2-turdan so'ng musobaqa mezboni Xitoy Taypeyi 4 ochko bilan 1-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 2-o'rinda Malayziya terma jamoasi bormoqda.
O'zbekistonlik futzalchilar bugun ko'k rangli formada maydonga tushadi. Yaponiya esa oq liboslarda o'ynaydi. Parallel ravishda “B” guruhining qolgan ikki vakili – Janubiy Koreya va Tojikiston termalari o'zaro kuch sinashadi.
Futzal. OCH–2018
“B”guruhi, 3-tur. 5 fevral, dushanba
13:30 O'zbekiston – Yaponiya
13:30 Tojikiston – Janubiy Koreya
Fikrlar