30 may 08:40
Yangiliklar
Futbol
OCHL. 1/8 final. Ikki “Al Ahli” o'yinida Saudiya jamoasi ustun
Osiyo CHempionlar ligasida nimchorak final bosqichidan o'rin olgan yana bir javob uchrashuvi o'tkazildi.
Unda BAAning “Al Ahli” klubi Saudiya Arabistonining shu nom bilan ataluvchi jamoasini qabul qildi. Bu ikki jamoaning Saudiya Arabistonida o'tgan ilk o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
Javob uchrashuvida mehmon maqomida harakat qilgan saudiyalik futbolchilar 3:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo'l olishdi. Maydon egalaridan yagona javob to'pini hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Asamoa Gyan penaltidan kiritdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar