08 may 22:57
Yangiliklar

OCHL-2017. "Bunyodkor" bu yilgi musobaqani yirik mag'lubiyat bilan yakunladi
O'yinning 34-daqiqasida Umar Abdulrahmon tomonidan uzatilgan to'pni Nosir Al SHamroni kuchli zarba bilan Zuhurovni ojiz qoldirdi - 1:0. 77-daqiqada Umar Abdulrahmon jarima to'pini aniq amalga oshirib, darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi - 2:0.
90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ibrohim Diaki boshi bilan gol urib hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "Bunyodkor" OCHLdagi bu yilgi mavsumni mag'lubiyat bilan tugatdi.
"AL AYN" - "BUNYODKOR" 3:0
Gollar: Nosir Al SHamroni 34, Umar Abdulrahmon 77, Ibrohim Diaki 90.
"Al Ayn": 18.Xolid Eysa, 7.Kayo, 10.Umar Abdulrahmon, 15.Xolid Abdulrahmon, 19.Muhannad Salim , 20.Nosir Al SHamroni (Ibrohim Diaki, 79), 29.Li Myung Ju, 30.Muhammad Xalfan (Ahmad Yusuf, 70), 44.Salim Juma, 59.Said Juma, 70.Danilo Asprilya (Bandar Muhammad, 46)
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 5.Javlon Mirabdullaev, 10.Eldor SHomurodov, 11.Vadim CHemirtan, 17.Doston Hamdamov, 19.Nurillo To'xtasinov, 28.Davron Umirov, 29.Otabek SHukurov, 44.Mirjamol Qosimov (16.Alisher Sanoev, 63)
Fikrlar