19 noy 09:57
Yangiliklar
Futbol
OCHL-2017. Dastlabki finalda durang qayd etildi
Kecha OCHL-2017 dastlabki finali doirasidagi "Al Hilol" - "Urava Red Daymonds" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Saudiya Arabistonida o'tgan ilk finalda tomonlar durang qayd etishdi. Dastlab mehmonlar vakili Rafael Da Silva hisobni ochdi. Mezbonlar safida 2017 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan joy olgan suriyalik Omar Xarbin muvozanatni tikladi - 1:1.
Javob uchrashuvi 25 noyabr kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi. Bu o'yinni o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada boshqarib boradi.
Havola :
Fikrlar