10 mar 11:55
Yangiliklar

OCHL–2017. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvini koreyalik hakamlar boshqaradi
Uchrashuv bosh hakami etib Janubiy koreyalik Kim Jong Xyok tayinlandi. Unga
qanotlarda Yuk Kvang-yol va Kim Yung-xa yordam beradi. To'rtinchi hakam
vazifasi livanlik Ali Redaga yuklatildi.
Malayziyalik Muhammad
Sayfiddin bin Abu Bakr uchrashuv komissari sifatida ishlaydi. Iordaniyalik
Umar Musa Halaf Abu Lum hakamlar nazoratchisi bo'ladi.
“Istiqlol” –
“Lokomotiv” uchrashuvi 13 mart, dushanba Tehron shahridagi “Ozodi”
stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti
bilan 20:30)da boshlanadi.
Malumot uchun, “A” guruhidan o'rin
olgan barcha jamoalar 3 ochkoga ega. To'plar nisbati bo'yicha “Istiqlol”
1-o'rinda bormoqda. “Temiryo'lchilar” esa 2-pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar