20 fev 23:22
Yangiliklar
OCHL-2017. "Lokomotiv" musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi
O'yinning boshida mezbonlar tashabbusga ega bo'lishdi. Mezbonlar dastlabki hujumni gol bilan yakunlashdi. Lekin NDiayening goli o'yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi.
Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi boshlandi. Mezbonlar ko'proq hujumga o'tib turishdi. 68-daqiqada burchak to'pidan so'ng Nesterov xatoga yo'l qo'ydi, Talal Ali Absi boshi bilan hisobni ochdi - 1:0.
Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi va "Lokomotiv" musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi.
“Al-Taavon” (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv” (O'zbekiston) 1:0
Gol: Talal Al Absi 68, - 1:0.
"Al Taavon": 23.Sultan Al Gamdi, 4.Rikardo Machado, 5.Talal Ali Absi, 6.Abdulrahmon Al Baraka, 10.Jihod Al Hussayn, 14.Muhammad Abusaban (18.Mido, 79), 16.Naif Musa, 17.Mahmud Muaz, 19.Alassan NDiaye, 29.Lusian Sanmarten (3.Abdulloh Kano, 85), 49.Ahmad Zain (Muhammad Al Sayari, 70)
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 11.Sadriddin Abdullaev (29.Quvondiq Ro'ziev, 66), 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze (8.Salamat Qutiboev, 86), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev (10.Marat Bikmaev, 57), 42.Gnontcha Kone, 99.Jaloliddin Masharipov
Bosh hakam: Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf (Ummon);
Ogohlantirishlar: Muhammad Kone 75, Al Absi 80
Fikrlar