03 dek 08:45
Yangiliklar

OCHL-2017. “Nasaf” guruh bosqichiga chiqishi uchun 2ta raqibni mag'lub etishi kerak
Qarshining “Nasaf” jamoasi guruh bosqichiga chiqishi uchun ikki klub to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi. 31 yanvar kuni birinchi saralash bosqichida “Nasaf” o'z maydonida Bahrayn chempioni “Al Xidd” klubi bilan kuch sinashadi.
Ushbu juftlik g'olibi 7 fevral kuni Saudiya Arabistonida “Al Fateh” mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuv g'olibi guruh bosqiiga chiqadi.
“Bunyodkor” esa musobaqani 2-saralash bosqichidan boshlaydi. “Qaldirg'ochlar” 7 fevral kuni Qatarda “Al Jayish” mehmoni bo'lishadi. Mazkur o'yinda g'olib bo'lgan jamoa guruh bosqichiga yo'llanma oladi.
Bu malumotlar hozircha OFK tomonidan tasdiqlanmagan. OFK 12 dekabr kuni OCHL-2017 taqvimini tasdiqlaydi, deb yozadi Alisher Nikimbaev feysbukdagi o'z sahifasida.
Fikrlar