01 apr 15:46
Yangiliklar
Futbol

OCHL-2018. "Nasaf" ertaga ko'k libosda maydonga tushadi
Bugun “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi.
Mitingda bir qator tashkiliy masalalar qatori, ertaga bo'ladigan “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritildi.
Demak, ertaga jamoa futbolchilari ko'k rangli liboslarda maydonga tushadi. Eronning “Persepolis” jamoasi futbolchilari esa, qizil rangli liboslarda maydonda harakat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, OCHL-2018 5-tur doirasidagi “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi ertaga, 2 aprel dushanba kuni, “Markaziy” stadionda soat 19:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : fcnasaf.uz
Fikrlar