So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

22 noy 10:46
Yangiliklar

Futbol

OCHL-2019. Bugun guruh bosqichiga qura tashlanadi

Teglar :  OCHLLokomotivAGMK
Bugun OFK qarorgohida Osiyo CHempionlar Ligasining 2019 yilgi mavsumiga qura tashlanadi.

Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.

2018 yilgi O'zbekiston chempioni yangi mavsum Osiyo chempionlar ligasida "B" guruhidan joy oladi. Ushbu guruhda Saudiya Arabistoni va BAA klublari bo'lishi aniq. So'nggi jamoa pley-offdan so'ng malum bo'ladi.

O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan klub Iroqning "Eyr Fors" va BAAning "Al Nasr" klublarini mag'lub eta olsa "D" kvartetidan joy oladi. Bu guruhda Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni klublari bor.

Nihoyat, O'zbekiston kubogi sohibi AGMK klubi agar "Istiqlol" (Tojikiston) va "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) klublarini mag'lub etsa "A" guruhida o'ynaydi. Ushbu guruhda BAA va Iroq klublari bo'lishi aniq. Yana bir jamoa nomi pley-off bosqichidan so'ng malum bo'ladi.  

G'arb mintaqasida guruh bosqichida o'ynaydigan klublar ro'yxati:

BAA - "Al Ayn", "Al Vahda", "Al Vasl"
Saudiya Arabistoni - "Al Hilol", "Al Ittihod", "Al Ahli"
Qatar - "Al Duhail", "Al Sadd"
Eron - "Persepolis", "Istiqlol"
O'zbekiston - chempion jamoa
Iroq - "Al Zavra"

Hozircha saralash bosqichi taqvimi tayyor. Faqat qaysidir klub licenziyalashdan o'ta olmasa taqvim o'zgarishi mumkin.

OCHL-2019 saralashi. Birinchi bosqich. 5 fevral

"Al Vihdat" (Iordaniya) - "Kuvayt SK" (Kuvayt)

Ikkinchi bosqich. 12 fevral

O'zbekiston vice-chempioni - "Eyr Fors" (Iroq)
AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)
"Saypa" (Eron) - "Minerva Punjab" (Hindiston)
"Zob Ohan" (Eron) - "Al Vihdat" (Iordaniya) yoki "Kuvayt SK" (Kuvayt)

Pley-off bosqichi. 19 fevral

"Al Nasr" (BAA) - O'zbekiston vice-chempioni yoki "Eyr Fors" (Iroq)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - AGMK (O'zbekiston) yoki "Istiqlol" (Tojikiston)
"Ar Rayyan" (Qatar) - "Saypa" (Eron) yoki "Minerva Punjab" (Hindiston)
"Al Garafa" (Qatar) - "Zob Ohan" (Eron) yoki "Al Vihdat" (Iordaniya) yoki "Kuvayt SK" (Kuvayt)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing