18 noy 14:31
Yangiliklar
Futbol

OCHL-2019. Ikkinchi finalni o'zbekistonlik hakam boshqaradi
24 noyabr kuni 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi sohibi malum bo'ladi.
Xabaringiz bor, OCHL finali ikkita o'yindan iborat bo'ladi. 9 noyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tgan dastlabki finalda "Al Hilol" "Urava Red Daymonds"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Yaponiyada o'tadigan ikkinchi finalni o'zbekistonlik Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
OCHL-2019. Ikkinchi final
"Urava Red Daymonds" - "Al Hilol"
24 noyabr 2019 yil. Saitama. "Saitama 2002" stadioni.
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O'zbekiston).
Havola :
Fikrlar