30 jan 14:58
Yangiliklar
Futbol

OCHL-2019. "Paxtakor"ning raqibi Iroq chempionatida peshqadam bo'lib oldi
Kecha Iroq chempionatida 13-tur o'yinlari boshlandi.
Amaldagi chempion "Eyr Fors" (oldingi nomi "Al Quva Al Javiya") klubi safarda "Al Bahri" mehmoni bo'lib 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Eyr Fors" o'z ochkolari sonini 30taga etkazib, kamida ikki kunga peshqadam bo'lib oldi. Malumot uchun, "Al SHorta" hisobida ham 30 ochko mavjud.
Eslatib o'tamiz, OCHL-2019 saralashi doirasida "Paxtakor" 12 fevral kuni Toshkentda Iroqning "Eyr Fors" klubini qabul qiladi.
"Al Bahri" - "Eyr Fors" 1:3
Gollar: Dovud A 38 - Ali Yusuf Hoshim 52, Saad Natiq 90+2, Muhammad Qosim 90+6 penalti.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar