So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

18 may 16:03
Yangiliklar

Futbol

OCHL. Agar "Lokomotiv" g'alaba qozona olmasa O'zbekiston uchun kvota kamayib ketishi mumkin

Teglar :  LokomotivOCHLFutbol
Keyingi hafta boshida qitamiz yashil maydonlarida Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Osiyoning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida bu yil "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari ishtirok etishdi.

SHota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" so'nggi tur oldidan 8 ochko bilan o'z guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Paxtakor" dastlabki turda Eronda "Persepolis" bilan durang o'ynab qaytgandi (1:1). So'ng o'z maydonida "Al Ahli"ni Bikmaevning goli evaziga mag'lub etdi. "Al Sadd"ga qarshi Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobida durang qayd etildi. Qatarda esa so'nggi daqiqalardagi xatodan so'ng 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat beshinchi turda Toshkentda Igor Sergeevning goli evaziga "Persepolis" taslim etildi.

Endi jamoamiz oxirgi turda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bilan safardagi o'yinda kamida durang o'ynasa ham navbatdagi bosqichga yo'l oladi.



"Lokomotiv" esa afsuski so'nggi turdan oldin keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotib bo'ldi. "Temiryo'lchilar" beshta uchrashuvda bittagina g'alaba va bitta durang qayd etishdi. Qolgan 3ta uchrashuvda imkoniyat boy berildi. 4 ochko to'plagan "Lokomotiv" keyingi hafta o'z maydonida Qatarning "Ar Rayan" klubini qabul qiladi. Albatta musobaqa nuqtai nazaridan olib qarasak bu bahs aslida hech nimani hal qilmaydi. Sababi xuddi O'zbekiston chempioni kabi "Ar Rayan"ning ham keyingi bosqichga chiqa olmasligi aniq bo'lib ulgurgan. Qatarliklar 5ta turdan so'ng 3 ochko to'plashgan.



Biroq mazkur bahsda "Lokomotiv" nafaqat o'zi, balki O'zbekiston uchun o'ynashi va albatta g'alaba qozonishi shart. Savol tug'ilishi mumkin nega rasmiyatchilik uchun o'tadigan bahsda "Lokomotiv" g'alaba qozonishi shart?

CHunki OFKning Osiyo chempionlar ligasiga kvota ajratish uchun maxsus klublar reytingi bor. Ushbu reytingda ayni paytda O'zbekiston G'arbiy mintaqada oltinchi o'rinda bormoqda hamda Iroq bilan raqobatlashmoqda. Iroq hozirgi kunda bizdan 1 ball ko'proq to'plagan holda beshinchi o'rinni egallab turibdi. G'arbiy mintaqada beshinchi o'rinni olgan mamlakat 2021 va 2022 yillarda OCHLda 1+2 kvotasiga ega bo'ladi. Yani 1ta klub to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida, ikki klub esa pley-offda ishtirok etadi. Oltinchi o'rindagi davlat esa mana shu yillar uchun 1+1 kvotasiga ega chiqadi. Agar shunday bo'lsa Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston chempioni guruh bosqichiga yo'llanma olsa, O'zbekiston kubogi sohibi esa pley-offda o'ynaydi. Yani vice-chempion ikki yil davomida xalqaro musobaqada ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston uchun 2019 va 2020 yilgi mavsum uchun 1+2 kvotasi berilgan. Bu yil oxiridagi reytingga qarab navbatdagi ikki yil uchun kvotalar ajratiladi.

"A" guruhida ishtirok etayotgan Iroqning "Al Zavra" klubi keyingi bosqicha chiqish imkoniyatlarini yo'qotib bo'ldi. Biroq so'nggi turda jamoa xuddi o'zi kabi guruhda qolib ketishi aniq bo'lgan BAAning "Al Vasl" klubi mehmoni bo'ladi. Agar bu bahsda "Zavra" g'olib bo'lsa Iroq bizdan oldinga o'tib olishi mumkin.

Bunday bo'lmasligi uchun "Lokomotiv" o'zi uchun keraksiz bo'lgan bahsda "Ar Rayan"ni mag'lub etishi lozim. "Paxtakor" guruhdan chiqish uchun shundoq ham g'alaba yoki bo'lmasa kamida durang uchun harakat qilishi aniq. Agar "sherlar" chorak finalga chiqishsa va o'sha bosqichda hech bo'lmasa bitta bahsda g'olib chiqishsa Iroqdan o'zib ketishimiz aniq bo'ladi.

Malumot uchun, Iroqdan guruh bosqichida bittagina klub borligi uchun "Al Zavra" yiqqan ochkolar bo'linmaydi. O'zbekistondan esa ikkita klub guruh bosqichida o'ynayotgan uchun ularning ochkolari ikkiga bo'linadi.



Jadvalga qarab O'zbekiston bu yil oltinchi o'rindan pastga tushmasligini va beshinchi o'rindan tepaga chiqa olmasligini ko'rish mumkin. Sababi to'rtinchi o'rindagi BAA bizdan 12 ochkoga ilgarilab ketgan bo'lsa, ettinchi o'rindagi Iordaniya bizdan 9 ochko ortda qolmoqda. Bugungi kunda G'arbda Qatar yakka peshqadam bo'lib turibdi. Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan davlat bilan birga Eron hozircha 3+1 kvotaga ega bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarda Saudiya Arabistoni va BAA bormoda. Ularda 2+2 ko'rinishidagi kvota bor.

20 may kuni “Paxtakor”ga, 21 may kuni “Lokomotiv”ga g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz. Sababi ushbu bahslarda ular nafaqat klub, balki butun O'zbekiston sharafini himoya qilishadi.


OFK KLUBLAR REYTINGI
G'ARBIY MINTAQA



#

Davlat

Ochko

OCHL guruh

OCHL pley-off

1

Qatar

63.150

3

1

2

Eron

56.217

3

1

3

Saudiya Arabistoni

47.950

2

2

4

BAA

43.417

2

2

5

Iroq

32.700

1

2

6

O'zbekiston

31.700

1

1

7

Iordaniya

20.833


1

8

Hindiston

20.550


1

9

Tojikiston

20.000


1

10

Turkmaniston

15.467


1

11

Suriya

14.933


1

12

Livan

12.933


1



SHARQIY MINTAQA

#

Davlat

Ochko

OCHL guruh

OCHL pley-off

1

Xitoy

63.867

3

1

2

Janubiy Koreya

58.900

3

1

3

Yaponiya

55.000

2

2

4

Tailand

36.300

2

2

5

Avstraliya

29.800

1

2

6

Filippin

22.763

1

1

7

Malayziya

19.645


1

8

Singapur

18.888


1

9

KXDR

14.267


1

10

Vetnam

14.000


1

11

Gonkong

13.033


1

12

Myanma

8.795


1


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

   
18 may 17:26:47
Самир Кадири
Шу Локолаттага ҳам қоладими Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилиш! Шу жамоадек текинхўр ва ношудлар йиғиндисини кўрмаганман. Омадсиз қариялар жамоаси! Мураббий нақд буханка нондек!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing