So’nggi yangiliklar

08:04Хамзат Чимаев UFC чемпионлик камарининг илк ҳимоя жанги қачон бўлишни айтди 0 07:43Мария Тимофеева Люксембург турнири 1/2 финалида ўйнайди 0 07:22U-17 Жаҳон чемпионатида 1/2 финал жуфтликлари маълум бўлди. Осиёдан жамоа қолмади! 0 07:01Шаҳобиддин Зоиров 1 млн долларлик жангда мағлуб бўлган рақибига қарши яна рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 01:39Ислом бирдамлиги ўйинларининг тантанали ёпилиш маросими бўлиб ўтди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:37Биринчи ярим ўрта вазн тоифасида WBC чемпионида допинг аниқланди 0 19:16Ламин Ямалга мукофот топширилди + ФОТО 0 18:55Енгил атлетикачиларимиз Ислом бирдамлиги ўйинларини 14 та медаль билан якунлашди 0 18:43Пара пауэрлифтинг: Бекзод Жамилов Риёд-2025 ўйинларида бронза медалини қўлга киритди! Бу Ислом бирдамлиги ўйинларидаги сўнгги медалимиз бўлди 0 18:34Жаҳон кубогида муваффақиятли иштирок этган боксчиларимиз Тошкентга қайтди (ФОТО) 0 18:13Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг илк партияси якунланди 0 17:52Туркия терма жамоаси Испанияда йирик ўғриликка дуч келди 0 17:31GGG World Boxing президенти лавозимига ягона номзод бўлиб қолди 0 17:10Усик замонавий боксдаги асосий муаммони айтди 0 16:49Пара пауэрлифтингчи Қудратой Тошпўлатова Ислом бирдамлиги ўйинларида кумуш медалга эга чиқди 0

22 apr 18:20
Yangiliklar

Futbol

OCHL. "Al Sadd" - "Paxtakor" o'yiniga oid malumotlar

Teglar :  OCHLPaxtakorAl Sadd
Bugun Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasida "Al Sadd" - "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tadi.

"D" guruhida birinchi o'rinda ketayotgan "Paxtakor" Dohadagi "Jassim bin Hamad" stadionida "Al Sadd" mehmoni bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Quyida mazkur uchrashuvga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

- Toshkentda o'tkazilgan mazkur jamoalarning birinchi to'qnashuvi 2:2 hisobida yakun topdi. Bu esa "Al Sadd" uchun oxirgi 6ta o'yindagi uchinchi durang bo'ldi. 

- 2018 yilgi OCHL yarim finalchisi "Al Sadd" oxirgi beshta o'yinidan bittasida g'alabaga erishdi va ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etdi.

- "Al Sadd" hujumchisi Bagdad Bunedja o'tgan yilgi OCHL eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 

- "Al Sadd" oxirgi marta o'z maydonida 2011 yil "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borgan. O'shanda jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozongan, Li Jung Su va Ali Afif tomonidan kiritilgan gollar jamoaga foyda keltirgandi. "Paxtakor" safida esa Temurxo'ja Abduxoliqov gol muallifi bo'lgan.

- Bugungi uchrashuvni Pedro Korreyra va Akram Afif diskvalifikacyai sabab o'tkazib yuboradi. 

- Qatarda milliy chempionat o'z yakuniga etdi va "Al Sadd" chempionlikni qo'lga kiritdi. Jamoa oxirgi o'yinida "Umm Salal"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi.

- "Al Sadd" ichki chempionatda 22ta o'yin o'tkazib 100ta gol urdi.

- "Paxtakor" Qatar klublariga qarshi oxirgi 8ta o'yinidan faqat ikkitasida g'alabaga erishgan. Jamoa oxirgi marta 2012 yil "Al Arabi"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. 

- "Paxtakor" shu paytgacha OCHL safar o'yinlarida 46 bor maydonga tushib, shundan 13tasida g'alabaga erishgan. 9 marta durang o'ynagan bo'lsa, 24ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan.

- Avvalgi o'yinni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuborgan Egor Krimec bugun maydonga tusha oladi. 

- "Paxtakor" O'zbekiston Superligasida o'tgan turni o'z maydonida "Dinamo"ga qarshi o'tkazib 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu o'yinda Javohir Sidiqov bilan Jaloliddin Masharipov "sherlar" safida gol muallifi bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing