So’nggi yangiliklar

10:48Англия Кубоги 4-раундига қуръа ташланди 0 10:27Энг ёш жаҳон чемпиони иккинчи чемпионлик ҳимоясини ўтказади 0 10:06ESPN 2025 йилнинг энг яхши боксчиси, жанги ва нокаутини эълон қилди 0 09:45Расман: Райан Гарсия - Марио Барриос жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:24Расман. Италиялик футболчи фаолиятини "Бунёдкор"да давом эттиради 0 09:03Усик нима учун айнан Уайлдер билан жанг қилишни исташи айтилди 0 08:42Кураш бўйича XV Жаҳон чемпионати санаси қайта кўриб чиқилади. Мезбонлик учун икки даъвогар бор! 0 08:21Хамзат Чимаев Алекс Перейрани жангга чорлаб, манзилни ҳам белгилади 0 08:00U-23 Осиё кубоги. Бугун бизни ҳал қилувчи ўйин кутиб турибди 0 07:39Фьюри ўз вазни ҳақида: "Шундай қорин билан ҳаммани ютганман" 0 07:18"Олимпия шаҳарчаси" мезбонлик қиладиган дастлабки нуфузли мусобақа ва тадбирлар рўйхати эълон қилинди 0 19:21Иккинчи ракеткамиз Мария Тимофеева эртадан Australian Open'даги юришини бошлайди 0 19:00Рафинья: "Агар Флик келмаганида, мен "Барса"дан кетган бўлардим. У ҳаммасини ўзгартирди" 0 18:39"Шахсий аҳамиятга эга". Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев билан жанг ҳақида гапирди 0 18:18Майкл Чендлер Царукянни грэпплинг жангига чорлади, Арман эса унга кесатиқ билан жавоб қайтарди 0

17 fev 11:03
Yangiliklar

Futbol

OCHL. Bugun 16:00. "Paxtakor" - "SHahr Xodro"

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur o'yinlari start oladi.

O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi o'z maydonida Eronning "SHahr Xodro" klubini qabul qiladi. "Paxtakor" dastlabki turda BAAning "SHabab Al Ahli" klubini 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "SHahr Xodro" safarda "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi - 0:2.


To'liq nomi: "SHahr Xodro" futbol klubi
Laqabi: "Xuroson sultonlari"
Tashkil etilgan yili: 2013
Stadioni: "Imom Rizo", 27700 o'rindiqli
Bosh murabbiyi: Stefane Enri (Italiya)

"SHahr Xodro" futbol klubi unchalik katta tarixga emas. Bu jamoa 2013 yil Mashhad shahrida "Padideh Mashhad" nomi bilan tashkil qilingan. Keyinchalik nomi o'ziga egalik qiluvchi kompaniyalar guruhi nomiga mos qilib o'zgartirilgan. 2013 yilgacha jamoa "Mes Sarchashma" nomi bilan atalib, boshqa shahar sharafini himoya qilgan. So'ng klubda o'zgarishlar ro'y bergan va yangi jamoaga Mashhad shahrida asos solingan.

Avvalgi mavsumda Eron chempionatida 4-o'rinni egallagan "SHahr Xodro" CHempionlar ligasining saralash bosqichidagi g'alabalar yordamida nufuzli musobaqada Eron nomidan qatnashadigan 13-klubga aylandi. Jamoa hozirgacha yuqori darajadagi sovrinlarni qo'lga kiritmagan. Joriy mavsum Eron chempionatida mashhadliklar 19 o'yinda 32 ochko to'plagan holda 5-pog'onada borishmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi italiyalik Stefane Enri futbolchilik faoliyatida Franciya, SHveciya va SHveycariya klublari safida o'ynagan. Murabbiylik ishini Italiya klublarida boshlagan Enri keyinchalik Kongo terma jamoasini boshqargan. Keyinchalik Bolgariya, Liviya, Saudiya Arabistoni, BAA, Falastin, JAR, Kipr va Angliya klublarida faoliyat yuritgan. "Vulverxempton"da bir mavsum yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. SHu yilning yanvar oyidan boshlab "SHahr Hodro"ni mahalliy mutaxassis Mojtaba Sarosiyoiy bilan boshqarib kelmoqda.


Jamoa tarkibi asosan mahalliy futbolchilardan iborat. Birgina legioner ukrainalik Miroslav Slavov CHempionlar ligasi o'yinlari uchun ro'yxatdan o'tkazilgan.

Darvozabonlar
1. Mahdi Rahmati
22. Muhammadjavod Kia

Himoyachilar
2. Muhammad Aqajanpur
3. Ali Nemati
4. Hussayn Moradmand
5. Farshad Faraji
17. Hasan Jafari
27. Muhammadali Faramarzi
66. Muhammad Muhammadzoda

Yarim himoyachilar
8. Akbar Sodig'i
9. Amin Qaseminajod
11. Hussayn Mehribon
15. Milad Sarlak
16. Alirizo Asadabadi
18. Ali Taheran
78. Amirhassan Jafari
80. Ruholloh Sayfuolloh
88. Ali Nabizoda

Hujumchilar
7. Muhammad Qozi Najafabadi
10. Miroslav Slavov (Ukraina)
14. Omid Mansuri
20. Muhammadrizo Xalatbari
21. Said Sodig'i
76. Murtazo Xurosoni

O'yinni shri-lankalik Dilan Perera boshqarib boradi. Hozirgacha ushbu referi "Paxtakor" ishtirokidagi bellashuvlarda ishlamagan. Unga Gedara Palitxa va Sanjiva Premalal qanotlarda yordam berishadi. Yaponiyalik Toru Kamikava hakamlar nazoratchisi vazifasini bajarsa, koreyalik Jan Xo Kvan o'yin komissari sifatida faoliyat ko'rsatadi. 

"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari statistikasi

"SHerlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 17 marta to'qnash kelishgan.

"SHahr Xodro" bilan jamoa ilk bor to'qnash keladi. Bunga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to'qnash kelingan. Demak, Mashhad shahri jamoasiga qarshi o'yin bilan "Paxtakor" va Eron klublari o'rtasidagi yangi qarama-qarshilik boshlanadi.

Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "SHerlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 17 bellashuvning 11tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 24 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 9 uchrashuvning barchasida "SHerlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 15 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.

Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:

Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4
Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing