19 fev 12:18
Yangiliklar
Futbol

OCHL. Bugun 20:00. "Al Nasr" - "Paxtakor"
Bugun Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston vice-chempioni "Paxtakor" futbol klubi 12 fevral kuni o'z maydonida Iroqning "Eyr Fors" klubini mag'lub etib (2:1) pley-offga chiqdi. Bugun jamoamiz BAAning "Al Nasr" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvda zafar quchgan jamoa OCHL guruh bosqichiga yo'l oladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. O'yinni Ryuji Sato boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Osiyo CHempionlari Ligasi-2019
Pley-off bosqichi
"Al Nasr" - "Paxtakor"
19 fevral, Dubay. "Al Maktum" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti).
Hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar