06 avg 08:44
Yangiliklar
Futbol

OCHL. G'arbiy mintaqada 1/8 finalning ilk o'yinlari o'tkazildi
G'arbiy mintaqada Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi.
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi o'z uyida Eronning "Zob Ahan" klubini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Jiddaliklar safida gollarni chililik legioner Luis Ximenes va himoyachi Ziyod al-Sahafi kiritgan bo'lsa, raqiblar safida G'osim Hodadfirar darvozani ishg'ol etdi.
Kunning ikkinchi o'yinida Saudiyaning boshqa bir klubi "Al-Nasr" BAAning "Al-Vahda"si bilan uchrashib, murosa yo'lini tanladi - 1:1. Mezbonlar safida Abdurrazoq Hamdolloh, mehmonlardan esa Leonardo gol muallifiga aylanishdi.
Havola :
Fikrlar