08 jan 13:45
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/26265_220.jpg)
OCHL g'olibi endi 4 million AQSH dollari oladigan bo'ldi
Yangi mavsumdan boshlab Osiyo CHempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqasi g'oliblari uchun beriladigan mukofot pullari oshirildi.
Bu haqida OFK Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tashkilotga
azo barcha futbol federaciyalariga yuborgan maktubida malum qilgan.
2018
yilda Osiyo CHempionlar ligasida g'alaba qozongan klub 4 million AQSH
dollari miqdorida mukofot puli oladi. OFK Kubogi g'olibiga esa 1,5
million AQSH dollari taqdim qilinadi.
SHuningdek, SHayx Salmon bin
Ibrohim al-Xalifa tomonidan yuborilgan maktubda OFK tomonidan
o'tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoalarga taqdim
qilinadigan mukofot pullari homiylar va hamkorlar tomonidan
ajratilayotgan mablag'lar hisobiga muntazam ravishda oshirib borilishi
takidlangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar