30 sen 14:45
Yangiliklar
Futbol

OCHL. "Jassim Bin Hamad" stadioniga VAR o'rnatildi, bugundan u ishlatiladi + FOTO
Bugun CHempionlar ligasi G'arb mintaqasida chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Unda "Al Nassr" - "Al Taavon" hamda "Persepolis" - "Paxtakor" to'qnashuvi guvohi bo'lamiz. Bugungi o'yinlardan boshlab OCHLda ham VAR tizimi ishlatiladi. Kecha, 29 sentyabr kuni "Al Sadd"ning uy stadioni hisoblangan "Jassim Bin Hamad"ga VAR o'rnatildi. Demak, stadion bo'lg'usi uchrashuvlarga tayyor.
VAR tizimining o'rnatilish jarayoni.
Eslatib o'tamiz, bugungi chorak final bahslari ham, 3 oktyabr kuni o'tadigan yarim final ham aynan shu stadionda bo'lib o'tadi.
Bugun "Persepolis" - "Paxtakor" qarama-qarshiligi mahalliy vaqt bilan 20:45 (Toshkent vaqti bilan 22:45)da start oladi.
"Jassim Bin Hamad"da jurnalistlar uchun mo'ljallangan media tribuna.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar